• <table id="koomo"><noscript id="koomo"></noscript></table>
  • <noscript id="koomo"><source id="koomo"></source></noscript>
  • <noscript id="koomo"></noscript>
  • Press-reliz

    Kompaniya

    LG WORLD PREMIERE TADBIRIDA “AFFECTIONATE INTELLIGENCE” (G‘AMXO‘R INTELLEKT) BILAN BIR KUN” TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

    07/01/2025


    LAS-VEGAS, 2025 yil 6 yanvar — LG Electronics kompaniyasi texnologiyalar sohasidagi dunyodagi eng nufuzli tadbir hisoblanadigan CES 2025 ko‘rgazmasi arafasida 6 yanvar kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan LG World Premiere tadbirida “Affectionate Intelligence” bilan hayotning har bir lahzasi maroqli” mavzusidagi taqdimot orqali mijozlarning sun?iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishdan oladigan taassurotlari borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

     

    Matbuot anjumanida mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, global ommaviy axborot vositalari va hamkorlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, u onlayn tarzda jonli efirda uzatildi. Mijozlarining g‘amxo‘r intellektga asoslangan texnologiyalardan foydalanishdan oladigan taassurotlarini to‘laqonli namoyish etish uchun tadbir sahnasi xonadonda, harakat chog‘ida va tijorat binolarida bo‘lgan odamlar hayotidagi turli makonlarni namoyish etadigan uchta hududga bo‘lingan. Kompaniya haqiqiy hayotiy vaziyatlar ko‘rsatib berilgan qiziqarli namoyishlar orqali ilg‘or sun?iy intellekt qanday qilib kundalik hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirishi mumkinligini batafsil ko‘rsatib berdi.

     

    LGning “Affectionate Intelligence” texnologiyasi mijozlar undan foydalanishdan oladigan taassurotlarda inqilob yaratish potensialiga urg‘u berib, sun?iy intellektning an?anaviy, texnik konsepsiyasini qayta belgilamoqda. Ushbu konsepsiyada mijozlarni yaxshiroq tushunish va ularning kechinmalari bilan yashash, moslashtirilgan va tabaqalashtirilgan taassurotlarni taqdim etish uchun sun?iy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.

     

    LG World Premiere tadbiri “Sun?iylikni kamaytirib, insoniylikni oshirib”, deb nomlangan videolavha namoyishi bilan boshlanib, undan so‘ng LG kompaniyasi bosh direktori Uilyam Cho kirish nutqini so‘zladi.

     


    “LG kompaniyasi sun?iy intellektni atrofimizdagi jismoniy makonlarga muntazam asosda integratsiya qilmoqda. Biz makonni nafaqat jismoniy joy sifatida, balki uy, mobillik, tijorat va hatto virtual makonlarda yaxlit taassurotlar hayot bilan uyg‘unlashadigan muhit sifatida ko‘ramiz, - dedi bosh direktor Cho. - Ushbu makonlarda qurilmalar va xizmatlar mijozlar uchun mutlaqo yangi qiymatni yaratish uchun uyg‘unlashadi. Bu borada bizning Affectionate Intelligence texnologiyamiz boshqalardan yaqqol ajralib turadi”.

     

    Shundan so‘ng janob Cho ushbu qarashni amalga oshirishning uchta asosiy elementini ta?kidlab o‘tdi: ulangan qurilmalar, qobiliyatli sun?iy intellekt vositalari va integratsiyalashgan xizmatlar.

     

    Sun?iy intellekt uchun mijoz bilan aloqa o‘rnatish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan ulangan qurilmalar LG kompaniyasining eng asosiy aktivlaridan biridir. Butun dunyo bo‘ylab nafaqat LGning yuz millionlab “aqlli” mahsulotlaridan foydalaniladi, balki o‘tgan yili “aqlli” uy yechimlari ta?minotchisi Athom kompaniyasini sotib olishi ortidan LG kompaniyasi endi 170 dan ortiq global brendlarning “Buyumlar interneti” qurilmalari bilan uzluksiz ulanishni taklif etmoqda.

     

    Sun?iy intellekt vositalariga kelsak, LG kompaniyasi o‘zining LG FURON tizimini ilgari surishga intilayotgan bo‘lib, u ulkan miqyosli til modellari asosida yaratilgan generativ sun?iy intellekt imkoniyatlarini real vaqt rejimida fazoviy zondlash va mijozlarning turmush tarzini tushunish bilan uyg‘unlashtiradi. Ushbu innovatsion sun?iy intellekt vositasi real vaqt rejimida mijozlarning vaziyat va sharoitlarini tushuna oladi va yana-da moslashtirilgan va foydalanuvchi talablariga mos taassurotlarni taqdim etish uchun qurilmalar ishlashi va xizmatlarni oson muvofiqlashtiradi, shu bilan birga, shaxsiy ma?lumotlarni himoya qiladi.

     

    Microsoft kompaniyasi bilan birgalikda sun?y intellektga asoslangan integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirish
    Jozibador integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etish borasidagi o‘z tasavvurini qo‘llab-quvvatlash uchun bosh direktor Cho Microsoft kompaniyasi bilan strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini e?lon qildi. Reja LG mahsulotlari va mijozlarning uy, mobillik va tijorat kabi turli sohalardagi bilimlarini Microsoft kompaniyasining sun?iy intellekt sohasidagi texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish orqali innovatsiyalarga yetakchilik qilish va sun?iy intellektga asoslangan integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etishdan iborat.

     


    Microsoft kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti va bosh tijorat direktori Jadson Althoff shunday dedi: “Microsoft kompaniyasidagilar sun?iy intellekt odamlarning yashash va ishlash tarzini tubdan o‘zgartirishiga ishonadi va uni odamlar kundalik hayotiga integratsiya qilish uchun “aqlli” ulangan makonlar kashshoflari bo‘lmish LG Electronics kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyatidan bag‘oyat mamnun”.

     

    Ikki kompaniya turli makonlar, jumladan, uylar, transport vositalari, mehmonxonalar va ofislar uchun mo‘ljallangan sun?iy intellekt vositalarii takomillashtirish ustida ishlamoqda. LG kompaniyasi o‘zining Self-Driving AI Home (Sun?iy intellekt asosida o‘zini-o‘zi boshqaradigan uy) xabiga Microsoft kompaniyasining ovozni aniqlash va nutqni sintezlash texnologiyalarini qo‘llaydi va bu unga turli aksent, talaffuz va so‘zlashuv ifodalarini tushunish imkonini beradi. Reja - nafaqat mijozlarni tushunadigan va ular bilan muloqot qiladigan, balki ularning ehtiyojlari va afzal ko‘radigan jihatlarini oldindan biladigan sun?iy intellekt vositalarini ishlab chiqish.

     

    Althoff, shuningdek, tez o‘sib borayotgan sun?iy intellektga asoslangan ma?lumot markazlari sohasida Microsoft bilan LG o‘rtasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini e?lon qildi. LG kompaniyasining issiqlikni boshqarish tizimlari va sun?iy intellektga asoslangan ma?lumotlar markazlari uchun optimallashtirilgan ilg‘or sovutish texnologiyalari asosida hamkorlik sun?iy intellekt infratuzilmasining ushbu muhim elementlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. Kompaniyalar birgalikda yana-da samaraliroq va barqaror bo‘lgan yangi avlod ma?lumot markazlarini yaratishni rejalashtirmoqda.

     


    Sun?iy intellektga asoslangan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish
    Janob Choning Affectionate Intelligence g‘oyasini tasvirlagan holda, LG kompaniyasi bir oilaning ertalabdan kechgacha bo‘lgan kuni to‘g‘risida qisqacha spektakl bilan tomoshabinlarni hayratga soldi. Mahsulot taqdimotining an?anaviy nutq formatidan chetga chiqqan holda, ushbu yorqin spektaklda LG kompaniyasining CES 2025 ko‘rgazmasida namoyish etilgan va “Barcha uchun yaxshiroq hayot” g‘oyasiga asoslangan sun?iy intellekt sohasidagi innovatsiyalari turli makonlarda kundalik hayotni izchil yaxshilashi ko‘rsatib berildi.

     

    Ertalabki sahnada LG kompaniyasining FURON tizimi inson ehtiyojlariga moslashish imkoniyatlari ko‘rsatiladi: “Kecha yo‘talayotganingizni payqadim, shu bois sizga qulay bo‘lishi uchun xona haroratini sozladim”. Atrof-muhitni sozlashdan tashqari, FURON g‘amxo‘rlik ham namoyish etadi, masalan, ?Bugun kunning ikkinchi yarmiga hech qanday rejangiz yo‘q - nega onangiz rejalashtirilgan tibbiy ko‘rikka borayotganda unga hamrohlik qilmaysiz??

     

    Ertalab ishga ketayotgan paytda sun?iy intellektni integratsiyalash qulayligi yana-da yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Avtomobilda LG kompaniyasining sun?iy intellektga asoslangan datchikli yechimi haydovchi qahva olishni unutib qo‘yganini aniqlab, “Ikki daqiqa uzoqlikdagi qahvaxona yonida to‘xtab qahva ichib olishni istaysizmi?” deb so‘raydi. Shuningdek, u biometrik signallarni kuzatadi, kunning ikkinchi yarmiga belgilangan yig‘ilish oldidan yurak urish tezligining oshishiga reaksiya bildirgan holda, haydovchi ruhan bo‘shashishiga yordam beradigan tinchlantiruvchi musiqa ijro etadi. Tizim, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun marshrutni o‘zgartirishni oldindan taklif qiladi va agar yo‘ldagi tirbandlik tufayli haydovchi muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lsa, avtomobil ichida videokonferensiya o‘tkazishni tavsiya qiladi. Ofisga yetib kelgandan so‘ng, sun?iy intellekt shaxsiy taassurotlarni qo‘shadi, masalan, avtomobilning ichki va tashqi kameralarida avval yozib olingan oilaviy ta?til tasvirlarini namoyish etadi.

     


    Ishdan so‘ng, mehmonxonadagi sun?iy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan televizor uydagi ko‘ngilochar ko‘rsatuvlardan olinadigan taassurotlarni yaxshilaydi. U moslashtirilgan kontentni tavsiya qilish uchun televizor ko‘rish muhiti, modellari va tarixini tahlil qiladi. Agar mijoz videodagi dialogni yaxshi eshitmayotganini bildirsa, sun?iy intellekt ovozni sozlaydi, ovozni orqa fondagi shovqindan ajratib oladi, va u go‘yo televizor ekranining o‘rtasidan tabiiy ravishda chiqayotgandek tiniq eshitilishini ta?minlaydi.

     

    Mijozlar uchun izchil va yaxlit taassurotlar - istalgan vaqtda, istalgan joyda, ko‘rinadigan yoki ko‘rinmaydigan

    Bosh direktor Cho o‘zining kirish nutqini yakunlar ekan, sun?iy intellektning B2C (tadbirkordan iste?molchiga) va B2B (tadbirkordan tadbirkorga) sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi rolini ta?kidladi.

     

    U LGSmartCottage – uyda yashash tarzini qayta o‘ylab ko‘rishga qaratilgan sun?iy intellektga asosida ishlaydigan jihozlar, uyni isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlari va boshqa ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan ixcham modulli uy kabi innovatsion tashabbuslar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Shuningdek, LG kompaniyasi avtomobilni “shaxsiylashtirilgan raqamli g‘or” sifatida tasavvur qilib, u dasturiy ta?minot yordamida belgilanadigan transport vositalari uchun yechimlar va avtomobilning ichki va tashqi muhitini tushunadigan va moslashadigan hamda harakatlanish borasida yangi taassurotlarni taqdim etadigan sun?iy intellekt texnologiyalari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

     

    ?Aqlli zavod? yechimlarida LG kompaniyasi o‘zining ishlab chiqarish sohasidagi 60 yildan ko‘proq tajribasidan foydalanib, sun?iy intellekt va robototexnikaga asoslangan yangi avlod ishlab chiqarish tizimlarini taklif etadi. Bundan tashqari, LG kompaniyasining sun?iy intellektga asoslangan issiqlikni boshqarish tizimlari va ilg‘or sovutish texnologiyalari butun dunyo bo‘ylab sun?iy intellektga asoslangan ma?lumotlar markazlarida energiya samaradorligini optimallashtiradi.

     

    “Bizning yakuniy maqsadimiz oddiy, ammo chuqur asoslangan: mijoz qayerda bo‘lmasin, sun?iy intellektdan yaxlit qiymatni yaratish vositasi sifatida foydalanish, - dedi bosh direktor Cho. – Sun?iy intellekt hayotimizni qanday o‘zgartirishidan qat?i nazar, bir narsa hech qachon o‘zgarmaydi: Yaxshi hayot to‘g‘risidagi va?damiz. Ushbu sodiqlik asosida biz eng yaxshi mahsulotlarni mijozlarimiz va barcha uchun hamma joyda va har doim, ko‘rinadigan yoki ko‘rinmaydigan tarzda yaratishga intilamiz”.

     

    a级毛片在线观看