- Megapiksel
- Megapiksel - bir million piksel, bu raqamli kameraning tasvir sensori tomonidan olinadigan ma?lumotlar miqdorining o?lchov birligi. Kamerada megapiksellar qanchalik ko?p bo?lsa, raqamli tasvir sifati shu darajada yuqori bo?ladi.
- MEID
- Mobil uskunalar identifikatori (Mobile Equipment Identifier) - CDMA standartidagi har qanday mobil qurilmada mavjud bo?lgan unikal identifikatsiya raqami bo?lib, autentifikatsiya uchun ishlatiladi.
- MMS
- Multimedia xabarlari almashuv xizmati (Multimedia Messaging Service) nomi bilan ham tanilgan ushbu tizim foydalanuvchilarga mobil qurilma orqali matnli xabarlar, rasmlar, video va audio fayllarni yuborish va qabul qilish imkoniyatini beradi.
- Mobil elektron pochta
- Mobil elektron pochta - bu foydalanuvchiga o?z elektron pochtasini veb-sayt yoki boshqa ilovalar orqali tekshirish imkonini beruvchi funksiya.
- Mobil operatsion tizim
- Faqat ma?lum turdagi ilovalar ishlatilishiga mo?ljallangan mobil qurilma operatsion tizimi.
- Mobil radio
- Ushbu xizmat mobil telefon foydalanuvchilariga sun?iy yo?ldosh yoki raqamli radiostansiyalar eshittirishlarini, shu jumladan, musiqiy translyatsiyalar, sport yangiliklari, tok-shoular va hokazolarni jonli efirda tinglash imkoniyatini taqdim etadi.
- Mobil telefonning musiqa pleyeri
- Qayerda bo?lsangiz ham raqamli musiqaning to?liq ohangidan, masalan, MP3 formatida zavq oling. Ba?zi telefon modellari FM-uzatgichi yoki professional sozlangan grafik ekvalayzer bilan jihozlangan.
- Monitor va ekran o?lchamlari [Shared with Television]
- HD televizor va kompyuter monitorining ekran o?lchamlari ekranning ikki qarama-qarshi diagonal burchagi o?rtasidagi masofa bilan aniqlanadi. Korpusning o?lchami hisobga olinmaydi.
- MP3
- MP3 fayllari - aksariyat mobil telefonlarga mos keladigan raqamli audiofayllar.
- Multi-Disc Changer
- To?xtovsiz qo?yish uchun bir vaqtning o?zida bir nechta disklarni yuklash mumkin bo?lgan DVD yoki CD pleyer.