LG mijozlar turmushini yaxshilash uchun SI bo?yicha ITTKI strategiyasini ishlab chiqmoqda.
Sun?iy intellekt (SI) ilmiy fantastikadek eshitilishi mumkin, ammo u ayni pallada ham turmushimizning turli qirralarini o?zgartirayotgani va kundalik ishlarni osonlashtirayotgani haqiqatdir.
“SI haliyam taraqqiyot debochasida turgan bo?lsa-da, hozirda u dunyoda eng ko?p tadqiq qilinayotgan texnologiyalardan biridir”, - deydi LG Electronics maishiy elektronika kompaniyasi bosh direktori Son Jinn Cho.
Choning so?zlariga qaraganda, SI maishiy elektronika sohasida muhim ahamiyat kasb etadi hamda bu kompaniyalarga iste?molchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq anglash va turmush farovonligini oshirish imkonini yaratadi.
“LG kompaniyasi innovatsion yechimlarni taqdim etish bo?yicha o?z algoritmlarini ishlab chiqdi. Kompaniya “Eng yaxshi hayot uchun innovatsiyalar” konsepsiyasi bilan bir qatorda sun?iy intellektga asoslangan LG ThinQ maishiy elektronikalar lineykasini chiqardi”.
Masalan, AI ThinQ texnologiyasiga ega bo?lgan LG 4K UHD bir qator televizor modellari, jumladan, premium-klassdagi LG OLED televizorlaridan sevimli dasturlarni tomosha qilish uchun yoki ovozli buyruqlar yordamida Internetdan kerakli ma?lumotni axtarish uchun ham foydalanish mumkin va bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o?zida ikki vazifani bajarish imkonini beradi. LG InstaView ThinQ muzlatgichi butun oilaga yoqadigan retseptlarni tavsiya qilib, taom tanlash uchun ketadigan vaqtni tejaydi.
LG V40 ThinQ smartfonidagi AI Cam funksiyasi esa, tasvirga olish paytida telefonning intellektual imkoniyatlaridan foydalanadi va olingan kadrlarning muqobillarini tavsiya qilgan holda foydalanuvchilarni hadeb kamera parametrlarini sozlashdan xalos qiladi. Bundan tashqari, LG aqlli karnaylari ovozli boshqaruvdagi Google Assistant imkoniyatlaridan va o?z funksiyalaridan foydalanib, uydagi boshqa qurilmalarni boshqarish markazi rolini bajara oladi.
LG ThinQ seriyadagi mahsulot, shuningdek, ovozli va vizual innovatsiyalar bilan jihozlangan bo?lib, ular yordamida tasvir, ovoz yoki joyni tanish mumkin va bu foydalanuvchilarning maishiy uskunalar bilan munosabat shaklini o?zgartiradi.
deydi Cho, – yo?riqnomalarni o?qish yaqinda tarixga aylanadi, zero mahsulotning o?zi foydalanuvchilarni o?rganadi”.
Global korporatsiyalar bilan hamkorlik aloqalari o?rnatish orqali LG kompaniyasi SI sohasidagi tajribani nafaqat uylarda, balki avtomobillar va jamoat joylarida ham qo?llashga umid bog?lamoqda. “Biz talabdan kelib chiqqan holda asta-sekinlik bilan mahsulotlar lineykamizni kengaytirib borishga va yakunda SI bilan foydalanuvchilar uchun qulaylikni orttiradigan hamda uzoq muddatga ularning turmush darajasini o?zgartiradigan mutlaqo yangi ekotizim yaratishga harakat qilamiz”, – deydi Cho.
ThinQmahsuloti asosida yotadigan falsafa va LG kompaniyasining SI rivojlanish salohiyatiga doir qarashlari “ Evolyutsiya O?zaro bog?liqlik va Ochiqlik”, strategiyasida aks etgan. Patentlangan algoritmlar tufayliLG ThinQ SI mahsuloti foydalanuvchilarning odatlariga moslashgan holda doimo?rganadi va rivojlanib boradi.
“Shu tufayli mahsulot foydalanuvchilarni yanada personallashtirilgan tajriba bilan ta?minlaydi”, – deydi Cho, – “bunday imkoniyatlarni maishiy uskunalarning keng assortimentiga olib kirish foydalanuvchilarni to?siqsiz aloqa bilan ta?minlaydi, mahsulot esa, foydalanuvchi ma?lumotlari asosida olingan axborotni almashish imkoniyatiga ega bo?ladi”.
Bu reja ochiqlik strategiyasiga tayangan holda amalga oshiriladi, zero LG ushbu strategiya doirasida boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik va sheriklik aloqalarini o?rnatishga harakat qilib, SI sohasida eng yaxshi yechimlarni taqdim etishni maqsad qilgan.
“Kompaniyalar original kashfiyotlarda yopiqlik siyosatiga amal qilishlari bugungi dunyoda juda qiyin, – deydi Cho. – Aynan shuning uchun foydalanuvchilar sharoitini yaxshilash yo?lida o?z yechimlarimiz yoki tashqi sheriklarimizning yechimlariga tayanishimiz ustuvor maqsad hisoblanadi”.