• <table id="koomo"><noscript id="koomo"></noscript></table>
  • <noscript id="koomo"><source id="koomo"></source></noscript>
  • <noscript id="koomo"></noscript>
  • Mundarijaga o?tish Maxsus imkoniyatlar bo?yicha yordamga o?tish

    Qanday qilib aqlli uskunalar elektr energiyasini tejash va sayyorani saqlashda yordamlashishi mumkin

    Har bir kun – Yer Kuni

    22.04.2020
    Yer Kuni 50 yilligi bayrami tasviri “Qanday qilib LG ThinQ yordamida uyda har bir kunni Yer Kuniga aylantirish” tasviri nusxasi bilan

    SEUL, 23 aprel 2020 y. – 50 yil oldin ilk bor Yer Kuni nishonlanganidan buyon bu kunning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Kelajakning yaxshiroq bo?lishiga hissa qo?shmoqchi bo?lgan, lekin nimadan boshlashni bilmay turganlarga tavsiya – uyingizdan boshlang, uni aqlli va energiyani tejaydigan maishiy uskunalar bilan jihozlang. Hatto oddiy ishlardan boshlash ham yakunda katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

    1. Uyingizni tarmoqqa ulang
    Uyda elektr energiyasidan yanada samarali foydalanish uchun maishiy uskunalar LG ThinQ ilovasiga ulangan

    O?ylab ko?ring, uydan chiqayotib ba?zida chiroq, konditsioner yoki isitish tizimini o?chirishni unutishingiz oqibatida qancha resurs yoki pulingizni isrof qilasiz? Xayriyatki, qayerda bo?lsangiz ham smartfon orqali osonlik bilan boshqarish mumkin bo?lgan qulay aqlli maishiy uskunalar bor.

    LG kompaniyasining ThinQ markazlashtirilgan ilovasi yordamida siz avvalgidan ancha samarali ravishda konditsionerdan tortib kir yuvish mashinasigacha aqlli maishiy uskunalarni boshqara olasiz. Ilova yordamida bemalol televizor yoniq qolganini tekshirish, konditsioner sozlamalarini nazorat qilish orqali energiya isrof bo?lishining oldi olinadi, shuningdek, kir yuvish mashinasi sikllarini almashtirish bilan suv ham tejaladi.

    2. Maishiy uskunalaringizni mukammal ishlash holatida saqlang
    LG kompaniyasining mijozlarni qo?llab-quvvatlash faol xizmati profilaktika bo?yicha maslahatlar berib, ThinQ ilovasiga ulangan uskunalardan samarali foydalanishda dastak bo?ladi.

    ThinQ ilovasi orqali bog?laniladigan mijozlarni qo?llab-quvvatlash faol xizmati – ulangan maishiy uskunalar uchun mijozlarni qo?llab quvvatlashda SI bazasidagi birinchi servis.

    Kir yuvish mashinalari, quritish moslamalari, muzlatkichlar va boshqa yirik maishiy uskunalarning eng yuqori samaradorligi uchun ular mukammal darajada saqlanishi zarur va bu o?z navbatida atrof-muhitga ham o?zining ijobiy ta?sirini o?tkazadi. “Mijozlarni faol qo?llab-quvvatlash” kabi funksiya ushbu muammoning eng maqbul yechimidir. U foydalanuvchini rejali texnik ta?mir zaruriyati haqida ogohlantiradi va profilaktik parvarish bo?yicha maslahatlar beradi. Buning yordamida mahsulotning samaradorligi ortib, yaroqlilik muddati uzayadi.

    Misol uchun, agar “Mijozlarni faol qo?llab-quvvatlash” funksiyasi LG quritish mashinasidagi ventilyatsion darchasidagi havo oqimi pasayganini aniqlasa, u foydalanuvchiga muammoni bartaraf qilish va uskunaning optimal holatini tiklash bo?yicha ma?lumotlar berib, energiya tejalishiga sabab bo?ladi. Agar siz haddan tashqari ko?p miqdorda yuvish vositalari ishlatayotgan bo?lsangiz, u sizni ogohlantiradi va ortiqcha chayqash sikllaridan, ya?ni kir yuvish mashinasini ortiqcha yuklamadan xalos qilish uchun ko?rsatmalar beradi,

    3. Energiyani tejaydigan maishiy qurilmalardan foydalanishga o?ting
    AI Direct Drive texnologiyasi va konditsionerga ega bo?lgan LG aqlli kir yuvish mashinasi energiya tejamkorlikni ta?minlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

    Energiyani tejaydigan uskunalar xaridi – uyingizni yanada ekologik toza holda saqlashning eng zo?r yo?llaridan biri. Energiya samaradorlikning xalqaro standarti Energy Star tomonidan e?tirof etilgan mahsulotlarning bozorda ko?payib borishi sayyoramizga avvalgidan ko?proq avaylash imkonini beradi va o?z navbatida oylik elektr energiyasi va suv harajatlarini kamaytiradi.

    TurboWash 360 kabi aqlli kir yuvish mashinalari uy sharoitida suv iste?molini kamaytirish imkonini yaratadi. LG kompaniyasining AI Direct Drive? texnologiyasi bilan jihozlangan va Energy Star sertifikatiga ega bo?lgan ushbu takomillashgan kir yuvish mashinasi modeli kirlarni tozalar ekan, ayni paytda matoning titilishiga yo?l qo?ymaydi.

    Aqlli konditsionerlar ham energiyani tejaydi. Masalan, LG Dual Inverter Compressor? konditsioneri unumdorlikni pasaytirmagan holda tezkor ravishda sovutushni amalga oshiradi.

    Aqlli uskunalardan foydalanishga o?tish sezilarli darajada hayotingizni osonlashtiradi hamda sayyoramizni avaylash va tabiiy resurslarni asrashda katta ahamiyat kasb etadi.

    4. Klubga qo?shiling
    lg ThinQ mobil ilovasi yordamida Yer Kuniga bag?ishlangan Earth Challenge 2020 chellenjiga qo?shiling va Yerni asrab qolishga yordam bering.

    50 yil mobaynida Yer Kuni bayrami rivojlandi va endi uni nishonlash onlayn tarzda ekologik tashabbuslarda qatnashish kabi zamonaviy ko?rinishlarga o?tdi.

    Siz mobil ilova yordamida Yer kuniga bag?ishlangan Earth Challenge 2020 chellenjiga qo?shilib, hududingizga ta?sir qiladigan ekologik muammolar haqida ma?lumot olishingiz, o?z fikr va qarashlaringizni yozib, boshqalar bilan bo?lishishingiz, shuningdek, atrof-muhitga qaratilgan dars va mashg?ulot rejalaridan foydalanishingiz mumkin.

    Digital Earth Day doirasida zamonaviy dunyo qarshisida turgan muhim ekologik muammolar haqida batafsil axborot olishingizni ta?minlaydigan vositalar onlayn to?plami mavjud. Shu bugunoq ishga kirishishni istovchilar uchun chiqindilarni tozalash yaxshi variant bo?la oladi (mahalliy xavfsizlik choralariga rioya qilgan va ijtimoiy masogani saqlagan holda).

    Yer Kuni - o?ziga xos sana, shubhasiz, uni nishonlash kerak, axir, har qanday holatda ham bu harakatga chorlash hisoblanadi, har yili bizga dunyoni yaxshilash yo?lida har birimiz harakat qilishimiz lozimligini eslatib turadi. Energy Star Pledge’da qatnashish imkoniyati bilan www.energystar.gov saytida tanishib ko?ring. Uyimizdagi kichik o?zgarishlardan boshlab, biz sayyoramizning muvozanati va muhtashamligini kelajak avlodlar uchun asrashda ko?makchi bo?la olamiz.

    Bir vaqtlar kimdir aytgandiki,

    atrof-muhitni yaxshilashning birdan bir yo?li - barchani jalb qilish.
    a级毛片在线观看