LG texnik direktori “SI tajriba bosqichlari” konsepsiyasi doirasida sun?iy intellektni rivojlantirish rejasini taqdim etdi.
LAS-VEGAS, 6 yanvar 2020 y. – CES? 2020 ko?rgazmasida LG Electronics (LG) prezidenti va texnik direktori I. P. Park sun?iy intellekt (SI) texnologiyalarini rivojlantirish yangi konsepsiyasini taqdim qildi. U “SI tajriba bosqichlari: Kelajakdagi SI va inson munosabatlari” deb nomlandi. Yangi konsepsiya LG ThinQ brendi bilan birgalikda o?z oldiga ulkan maqsadlarni qo?yadi – universal intellektual ekotizimni yaratish orqali kundalik turmushni o?zgartirish.
Ushbu istiqbolli konsepsiya SI texnologiyalarini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishni o?z ichiga olib, rejaning yakuniy maqsadi mahsulot va xizmatlarni uyg?unlashtirgan tizim yordamida insonlarga qayerda bo?lsalar ham o?z uylaridek his qilishlarini ta?minlashdir. Las-Vegasdagi Mandalay-Bey anjuman markazida nutq so?zlar ekan, doktor Park shunu e?tirof etdiki, sun?iy intellekt rivoji uchun juda ko?p g?oyalar va konsepsiyalar mavjud bo?lsa-da, ushbu industriyada yagona rejaga amal qilish jida muhim bo?lib, bu bizga mijozlarimizning turmush darajasini oshirishda yordam beradi.
Sahnada doktor Parkka Monreal firmasi bo?lmish, SI texnologiyalaridagi samarali ishlari bilan tanilgan Element AI firmasi ta?sischilaridan biri va bosh direktori Jan-Fransua Ganye ham qo?shildi. Ular yangi konsepsiyani yaratish jarayoni hamda sohadagi bo?lajak o?zgarishlar uchun istiqbolli texnologiyalar mas?uliyatini muhokama qildilar. Shuningdek, ular SI (AIX) tajribasidagi to?rt bosqich haqida gapirib berdilar –
Samaradorlik, Personalizatsiya, Fikrlash va Tadqiqot.Ushbu bosqichlarning har biri texnik imkoniyatlar va ularning amalda qo?llanishi rivojida jiddiy qadamlardir.
Ilk bosqich bo?lmish “Samaradorlik”da oddiy buyruqlar yordamida tizim yoki qurilmaning ba?zi funksiyalari avtomatlashtirilishi mumkin. Bugungi kunda bu bosqiсh ovozni aniqlash tizimi va SI texnologiyalari dastagi bo?lgan bozordagi aksariyat qurilmalarda amalga oshgan. Bu bosqichda SI avvaldan berilgan sensorli parametrlarga bog?liq holda ishlashni avtomatik tarzda sozlab, foydalanuvchi bilan maksimal darajada samarali munosabat o?rnatadi. Doktor Parkning so?zlariga qaraganda, SI birinchi bosqichiga LG ThinQ konditsioneri namuna bo?lishi mumkin. U xonada odamlarning bor yoki yo?qligini aniqlaydigan intellektual sensor bilan jihozlangan va olingan ma?lumotlar asosida harorat va havo oqimini boshqarishi mumkin.
Jan-Fransua Ganyening tushuntirishiga qaraganda, keyingi “Personalizatsiya” bosqichi xulq-atvor shakllarini aniqlashga qaratilgan bo?lib, qurilmalarning ishlashini personallashtiradi va maqbullashtiradi. Bu bosqichda SI dastakli qurilmalar va servislar atrof-muhit va foydalanuvchilar munosabatlari borasida ma?lumot to?plashlari, xulq-atvor modellarini aniqlashlari va bu axborotdan vazifalarni samarali bajarish hamda foydalanuvchi bilan aloqa o?rnatishda ishlatishlari mumkin. O?rnak sifatida doktor Park LG R9 yangi avlod robot-changyutgichini misol qildi. Ushbu mahsulot joylardagi tuzilmalarni eslab qoladi va buning yordamida bir xatosini boshqa takrorlamaydi (masalan, biror teshik yoki burchakda qisilib qolmaydi).
Uchinchi bosqich, “Fikrlash”, bir tizimga ulangan turli qurilmalar va servislardan olingan ma?lumotlar asosida sabab va oqibat aloqalarini aniqlay oladi. Bu bosqichda SI ba?zi harakatlarning vujudga kelish sabablarini va qonuniyatlarini tahlil qiladi hamda buning yordamida foydalanuvchi uchun eng maqbul yechimlar ta?minlanadi. “Bu bosqich mahsulotlar assortimentini kengaytirishni taqozo qiladi, zero sabab-oqibat aloqalarini tahlil qilish uchun foydalanuvchi bilan munosabatlarda ma?lumot yig?adigan qurilmalar imkon qadar ko?p bo?lishi lozim”, – ta?kidlaydi doktor Park.
Doktor Parkninig e?tirof qilishicha, to?rtinchi bosqich bo?lmish “Tadqiqot” hali amalga oshmagan, ammo u “LG ishlab chiqayotgan SI rivojining yakuniy maqsadi” hisoblanadi. Ilmiy yondashuvga asoslangan “Eksperimental o?rganish” konsepsiyasi yordamida SI texnologiyasi o?rnatilgan tizimlar g?oyalar va xulosalarni shakllantirish hamda amaliy sinovdan o?tkazish orqali foydalanuvchilarning turmushini mukammal darajaga olib chiqish yangi imkoniyatlarini ishlab chiqa oladilar.
“SI sohasidagi yetakchi sifatida biz foydalanish tajribasi ahamiyatini hisobga olishimiz, hamda sun?iy intellektni tadqiq qilish va ishlab chiqish chegaralarini kengaytirishimiz kerak”, – deb qo?shimcha qildi Jan-Fransua Ganye.
AIX bosqichlar konsepsiyasi turli soha yetakchilari va ilmiy jamoatchilik vakillari tomonidan hayajon bilan kutib olindi. “SI sohasidagi ishlar bizni texnologiyalar inson va jamiyat foydasi uchun ishlaydigan kelajakka olib borishi uchun mas?ulmiz”, – dedi Monreal Universiteti, Makgill Universiteti, Monreal Politexnika maktabi va Monreal Oliy tijoriy maktabi ishtirok etadigan MILA tadqiqot loyihasi asoschisi va ilmiy tadqiqot bo?yicha direktori, Tyuring mukofoti laureati Yoshua Benjio.
Shuningdek, doktor Park SI sohasidagi bir qator jozibali innovatsiyalar haqida aytib berdi. Ular CES 2020 ko?rgazmasidagi LG yirik stendida (7 yanvardagi ochilishidan so?ng) namoyish etiladi. LG ThinQ Zone “Har yerda uydagidek” konsepsiyasining timsoli bo?ladi, zero u yerda faqat bir joy chegarasi bilan cheklanmaydigan universal ekotizimning yaratilish jarayoni ko?rsatiladi. Kompaniya mahsulotlari va xizmatlari kundalik hayotning turli jabhalari bilan o?zaro uyg?unlashadi va mijozlar uchun beqiyos qadriyatlar yaratadi.
LG ThinQ Home bilan muloqot Smart Door aqlli eshigi bilan boshlanadi, u yuzni aniqlash va qon tomirlari tasviri yordamida identifikatsiyalash texnologiyasi yordamida tashrif buyuruvchilarni taniy oladi. Yangi oziq-ovqat mahsulotlarini toza saqlash uchun biometrik ma?lumotlar ham zarurdir. Kirish eshigining ichki tarafida ekran joylashgan bo?lib, unung yordamida ko?chaga chiqishdan oldin tashqaridagi ob-havo va yo?ldagi holatlar haqida bilib olish mumkin. Chiqish rejimiga o?tilganda intellektual eshik LG ThinQ qurilmalarini energiya tejamkor rejimga o?tkazadi.
LG kompaniyasi Connected Car stendida avtomobillarda haydovchi va yo?lovchilarning yo?lda o?zlarini uydagidek his qilishlarini ta?minlaydigan personallashtirilgan tajribani namoyish qiladi. Ulangan avtomobillar uchun LG yechimlari avtomobil o?rindiqlari ishlab chiqarishda yetakchi bo?lgan Adient firmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan webOS Auto platformasiga asoslangan. Avtomobil OLED ekranlari bilan jihozlangan bo?lib, foydalanuvchilarga teledasturlarni uyda tomosha qilganda qolib ketgan joyidan davom ettirib ko?rish imkonini beradi. Personal Sound Zone texnologiyasi har bir yo?lovchiga o?zi tanlagan musiqani eshitish imkonini beradi, virtual yordamchi esa baland musiqa va shovqinli suhbat ostida ham ovozli buyruq berayotgan yo?lovchining ovozini taniy oladi.
ThinQ Fit Collection Zone stendi foydalanuvchilarga mustaqil tarzda virtual kiyinish xonasini sinovdan o?tkazish imkonini taqdim etadi. LG ThinQ FitTM LG Smart Mirror konsepsiyasining modifikatsiyasi hisoblanadi. U 3D kamera yordamida foydalanuvchining haqiqiy tana o?lchamlarini yaratib, kiyimlarni virtual ravishda o?lchash imkonini beradi. Bu texnologiya ko?proq ma?lumotlarni tahlil qilgan holda foydalanuvchining kiyinish uslubiga taalluqli maslahatlar berishi va onlayn-do?konlarga havolalar taklif qilishi mumkin.
LG robotlarisiz iloji bor deb o?ylaysizmi? Ular CLOi’s Table Zone stendida ko?rgazma tashrif buyuruvchilarini o?zlarining oshpazlik san?ati, ishchanligi hamda yuqori sifatli xizmat bilan maftun etadilar. Ushbu futuristik restorandagi ishlarni butkul LG CLOi robotlari boshqaradi – buyurtmalarni qabul qilishdan tortib, taom pishirish, xizmat ko?rsatish va yig?ishtirishgacha. Potensial mijozlar ThinQ ilovasi yordamida oldindan buyurtma berishlari va aqlli karnay, aqlli televizor yoki smartfon yordamida menyu bilan tanishishlari mumkin.
Bu va yana boshqa ko?p narsalar sizni № 11100 LG stendida, Las-Vegasdagi anjumanlar markazi markaziy zalida 7-10 yanvar kunlari kutadi. LG CES jozibali yangiliklari va anonslarini ijtimoiy tarmoqlarda #LGCES2020 xeshtegi yordamida kuzatib boring.