• <table id="koomo"><noscript id="koomo"></noscript></table>
  • <noscript id="koomo"><source id="koomo"></source></noscript>
  • <noscript id="koomo"></noscript>
  • Mundarijaga o?tish Maxsus imkoniyatlar bo?yicha yordamga o?tish

    Onalar kunida onangiz o?zini o?zgacha his etishi uchun bir nechta oddiy usullar

    Aqlli maishiy uskunalar yordamida onangizga unutilmas kun hadya qiling

    08.05.2020

    SEUL 8 may 2020 y. – Onalar kuni yaqinlashgan sari onangizga uning naqadar qadrli va sevimli ekanini ko?rsatish uchun sovg?a tanlash va bayramni rejalashtirishda ijodkorona yondashish fursati keldi. Albatta, onalarimizga yetarlicha minnatdorchilik bildirish uchun yilda bir kun kam, ammo bu kun yagona inson uchun o?ziga xos nimadir qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

    Onalar kuniga eng maqbul bo?lgan sovg?alar sifatida, u qadar ko?p tilga olinmasalar-da, aqlli maishiy uskunalar yoki SI texnologiyasi asosidagi qurilmalarni ajoyib variant sifatida tavsiya etish mumkin. Bu o?z g?amxo?rligingizni ko?rsatish va kundalik yumushlarda yordam berish uchun antiqa usul.

    ayol oromkursida televizor ko?ryapti

    1. foydali va amaliy sovg?a

    Sovg?alar, albatta, eng muhimi emas, ammo ular samimiy minnatdorchilikni ifoda etishning ajoyib usuli bo?lishi mumkin. Onangiz qoniqish hissi bilan foydalanadigan har qanday sovg?a shubhasiz, minnatdorchilik bilan qabul qilinadi. Balki siz u sevimli xobbisi bilan shug?ullanishi uchun anchadan beri orzu qilib yurgan yoki o?zi uchun qandaydir yangilik ochuvchi sovg?a haqida o?ylab qoldingiz.

    Kitobxonlar uchun Amazon Kindle mos keladi, sog?lom turmush tarziga qiziqadigan onalar uchun esa Fitbit mahsuloti yoki VegeBox gidroponik uy bog?i ayni muddao bo?lishi mumkin. Spotify Premium servisiga obuna musiqa eshitishni yoqtiradigan onalarga eng yaxshi sovg?a bo?lishi mumkin.

    Boshqa variant sifatida esa aqlli karnay, masalan, LG XBOOM AI ThinQ nafaqat yuqori sifatli ovozi (Spotify playlistlari va podkastlari uchun juda mos) bilan ajralib turadi, balki

    televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va termostat kabi

    aqlli qurilmalar va maishiy uskunalarni osonlik bilan boshqarishni ta?minlaydi Karnayning og?zaki buyruqlarni tushuna olishi onangizga sevimli musiqasini osonlik bilan tanlash va qo?yish, paydo bo?lgan har qanday savolga javob topish va kundalik yumushlar bajarilishini markazlashtirilgan holda boshqarish imkoniyatini taqdim etadi.

    juftlik mehmonxonadagi divanda o?tirgancha televizor tomosha qilmoqda.

    2. O?zingiz uchun mukammal oqshom

    Har kim ba?zida yolg?iz qolgisi keladi, onangiz ham! Unga yoga bilan shug?ullanish bo?ladimi yoki film tomosha qilishmi, sevimli xobbi bilan band bo?lishi uchun xotirjam oqshom tuhfa eting.

    Smart-televizorlar, masalan, SI asosidagi yangi LG modellari onangiz mashg?ulotga tanlashi uchun yoga bo?yicha video-ko?rsatmalar to?plamini tez fursatda topib berishi hamda sevimli aktyorlar ijrosidagi sevimli janr filmlarini tavsiya qilishi mumkin.

    LG televizorlari kunning har qanday paytida eng mos kontrast va ranglarga ega bo?lish uchun

    xonaning yorug?lik darajasini aniqlash va avtomatik tarzda mos yorqinlikni sozlash funksiyalari yordamida tomosha taassurotlarini yanada yaxshilaydi.

    Agar onangizga ko?proq toza havo yoqsa, siz orqa hovlingizni ajoyib vohaga aylantirishingiz, u yerni so?ri, qulay ko?rpa va yostiqlar bilan shinam holatga keltirishingiz mumkin. Bunday sharoit uchun LG kompaniyasining TONE Free ajoyib lineykasidagi mutlaqo simsiz quloqchinlari ayni muddao bo?ladi. Agar toza havoda soatlab musiqa eshitish natijasida batareyka quvvati tugab qolsa, onangiz quloqchinlarni, shunchaki, UVnano quvvatlovchi sumkachaga (sumkacha ultrabinafsha nurlari yordamida quloqchindagi bakteriyalarni tozalaydi) solib qo?yadi, hamda muzdek ichimlik va kitob mutolaasidan zavq oladi.

    3. Unutilmas kun bo?lishi uchun uyingizni tozalang

    Ortiqcha tashvishlarsiz uyingizni tozalang va to?liq jihozlangan holda bayramni kutib oling. Barcha yumushlarni tez va ko?ngildagidek bajarishda smartfonlar uchun LG ThinQ ilovasi juda qo?l keladi.

    Ayol ekranida LG ThinQ ilovasi bor smartfonga qarab turibdi

    Ushbu ilova LG aqlli maishiy qurilmalariga simsiz ulanish orqali kir yuvishni boshlash, kechagi tushlikdan qolgan idishlarni yuvish, robot-changyutgich bilan poldagi ushoqlar yoki changlarni tozalashda yordam beradi va bu ishlar sizning xonama xona yugurib bajarishingizdan ancha tez amalga oshadi. Bundan tashqari, ilova sizning ajoyib beka bo?lib qolishingizga ham ko?makchi bo?ladi – kir yuvish kukuni kabi zarur vositalar sarfini nazorat qiladi va boshqaradi.

    Darvoqe, kir yuvish haqida. LGning AI Direct Drive funksiyali kir yuvish mashinasi kabi aqlli qurilmalar avtomatik tarzda kiyimning yumshoqligini aniqlab, har bir kir uchun mos bo?lgan siklni belgilab beradi va shu orqali matoning titilishi hamda sevimli ashyolarning tasodifiy buzilishi oldini oladi.

    4. Onangizni uyda mazali kechki taom bilan xursand qiling

    Onangizni mukammal kechki taom bilan hayron qoldirish niyatingiz bor, lekin oshpazlik mahoratingiz yaxshi emasligidan xavotirdamisiz? Bir qator intellektual funksiyalarga ega bo?lgan, hamda Innit, SideChef va boshqa bir qator aqlli pishiriq dasturlari uyg?unlashtirilgan ThinQ texnologiyali LG pechlari sizga yordamga keladi. Kerakli taom tanlangach, ilova sodda ko?rsatmalarni taqdim etadi, pech esa kerakli haroratgacha isishni boshlaydi.

    Bu vaqtda siz tayyorlash jarayonini smartfon orqali kuzatgan holda, dasturxon tuzab, ayni pallada LG XBOOM AI ThinQ karnayidan chiroqning yorug?ligini pasaytirish va onangizning sevimli qo?shiqlaridan birini qo?yishni so?rab, uyda shinam muhit yaratishingiz mumkin.

    5. Uch so?z

    Va oxirgisi, bu ham juda zarur! Bu sizning qo?lingizdan keladigan eng oddiy, tezkor va muhim sovg?a! Ba?zan o?z his-tuyg?ularingiz va minnatdorchiligingizni izhor etish biroz noqulay yoki hatto qiyin bo?lishi mumkin, lekin shu uch oddiy, ammo maxsus so?z onangizga bo?lgan sevgingizni ifoda etishning eng samimiy yo?lidir.

    a级毛片在线观看