Bu sayt cookies-dan foydalanadi. Saytni ko?rib chiqishni davom ettirsangiz, qo?shimcha ma?lumot uchun cookies-dan foydalanishimizga rozilik bildirasiz, Bizning Maxfiylik Siyosati va Cookie Siyosatimizni o?rganib chiqing
Bu funktsiya (vazifa) sizning kuki boshqaruvida o?chirilgan.
Uni faollashtirish uchun havolani (ssilkani) bosing "Cookie fayllarining sozlamalarini o?zgartirish" ushbu sahifaning yuqoridagi
o?ng burchagida.
10/01/2025
SEUL, 2024 yil 9 yanvar — LG Electronics o‘z tarkibiga kiruvchi LG Vehicle Solution (VS) kompaniyasi prezidenti In Sok Xyon 2025 yilgi MotorTrend Software-Defined Vehicle (SDV) Innovator mukofotining “Yetakchi” nominatsiyasida taqdirlanganini faxr bilan e?lon qiladi.
Mazkur mukofot orqali uning ajoyib yetakchiligi va avtomobilsozlik sohasida dasturiy ta?minotga asoslangan innovatsiyalarga qo‘shgan hissasi e?tirof etiladi. 7 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES ko‘rgazmasi doirasida AQSHning avtomobilsozlik sohasidagi obro‘li media kompaniya bo‘lgan MotorTrend tomonidan SDV Innovator mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
In Sok Xyonning munosib e?tirofi LG kompaniyasining mobillik va SDV texnologiyalari kelajagini shakllantirishdagi o‘sib borayotgan ta?sirini namoyon etadi. Avtomobilsozlik sanoatida yigirma yildan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lgan janob In 2022 yil dekabr oyidan beri LG Vehicle Solution kompaniyasini boshqarib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida asosiy e?tiborni axborot-ko‘ngilochar, displey, telematika va avtomobillarning ko‘rish tizimlari kabi muhim sohalarda innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratgan.
2024 yilda LG AlphaWare dasturiy yechimi sotuvga chiqarilishi janob In rahbarligidagi Kompaniya taraqqiyotining yorqin namunasidir. Dasturiy yechimlarning mazkur inqilobiy to‘plami mobillik xizmatlari ta?minotchilariga texnik qiyinchiliklarni yengib o‘tish va transport vositalarini “mobil uylar” sifatida qayta tasavvur qilish imkonini beradi. Beshta asosiy yechimni o‘z ichiga olib, ular birgalikda avtomobildagi sayohatdan olinadigan taassurotlarni yaxshilash uchun izchil ishlaydi. PlayWare avtomobil saloni ichidagi ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan ta?minlaydi; MetaWare kengaytirilgan va aralash voqelik texnologiyalarini birlashtiradi; VisionWare haydovchiga sun?iy intellekt bilan qo‘llab-quvvatlangan yordamni taqdim etadi; BaseWare dasturiy ta?minotning kompleks asosi bo‘lib xizmat qilib, mavjud operatsion tizimlarni yaxshilash yoki OEMlar (Asl uskunalar ishlab chiqaruvchilari) uchun yangi platformalar ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida universal modullarni taklif qiladi; va OpsWare dasturiy ta?minot ishlab chiquvchilar orasida hamkorlikni mustahkamlaydigan markaziy operatsion platformadir.
LG kompaniyasi avtomobillar xavfsizligi sohasida ham jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Janob In rahbarligida LG kompaniyasi V2X xavfsizlik barqarorligini ta?minlash bo‘yicha Common Criteria sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi kompaniya bo‘lib, tarmoqqa ulangan avtomobillar xavfsizligi sohasida o‘z yetakchiligini mustahkamladi.
“MotorTrend SDV Innovator mukofotiga sazovor bo‘lish men uchun katta sharafdir, - dedi In Sok Xyon. - Ushbu mukofot LG kompaniyasining SDV texnologiyalari sohasidagi yutuqlari va mobillik kelajagini shakllantirishda jamoamizning fidoyiligidan dalolat beradi”.
LG kompaniyasining mobillik sohasidagi eng so‘nggi yechimlari Las-Vegasda (7-10 yanvar) bo‘lib o‘tadigan CES 2025 ko‘rgazmasida kompaniyaning ommaviy va xususiy stendlarida namoyish etiladi.